Narpayda bir bosh sigirdan kuniga 60 litrgacha sut sog‘ib olinmoqda

Narpay tumanida jurnalistlar va blogerlar uchun tashkil etilgan press-tur Chorbog‘ mahallasidagi ''Agro gold spring'' fermer xo‘jaligining chorvachilik majmuasi faoliyati bilan tanishishdan boshlandi.

482 bosh yirik shohli qoramol boqiladigan majmuada bir kunda bir bosh sigirdan 20 litrdan 60 litrgacha sut sog‘ib olinmoqda.

Ayni paytda majmuada yangi sog‘in zali bunyod etilmoqda. Bu yerga xorijdan 460 ming dollar mablag‘ evaziga zamonaviy uskunalar keltirildi. Zalda bir vaqtning o‘zida 24 bosh sigirdan sut sog‘ib olish imkoniyati mavjud.

To‘lqin SIDDIQOV,

Baxtiyor MUSTANOV.