Samarqandning qaysi hududida qoramollar ko‘p boqiladi

2020 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, viloyatimizdagi yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 586 ming boshga yetdi.

Raqamlar 2019 yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni – 2,6 ming  (0,2 foiz)ga ko‘paygan.

2020 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami yirik shoxli qoramollarning 94,8 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Tumanlar kesimida hisoblaydigan bo‘lsak, eng ko‘p yirik shoxli qoramol Past Darg‘om tumanida 183,7, Urgutda 181,5, Kattaqo‘rg‘onda 140,7, Ishtixonda 128,5, Jomboyda 109,4, Payariqda 108,7, Qo‘shrabotda 102,5, Bulung‘urda 102, Paxtachida 100,2, Toyloqda 99,6, Narpayda 97,8, Oqdaryoda 76,1, Nurobodda 73,9, Samarqandda 50,6, Kattaqo‘rg‘on shahrida 25, Samarqand shahrida 5,8 ming bosh yirik shoxli qoramol boqilmoqda.

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.