Samarqandda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi ayol qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh a’zolarini ushladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Toyloq tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro F.N. Samarqand xalqaro aeroporti orqali fuqaroni Turkiya davlatiga noqonuniy mehnat migranti sifatida sotib yuborayotganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Hozirda jinoiy guruhning boshqa a’zolarini aniqlash bo‘yicha tadbirlar olib borilmoqda.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.