Samarqand tumanida fuqaroni Isroil davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi
- 28.07.2021 10:20
- 135
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, fuqaro Sh.N. fuqaro D.ni Isroil davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 10 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, keyinchalik 6 000 AQSh dollarini qaytarib bergan. Qolgan 4 000 AQSh dollari evaziga uni Avstraliya davlatiga yuborishni va’da qilib, hozirgi kunga qadar ushbu pul mablag‘larini qaytarib bermasdan aldab kelgan.
Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 18 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand