Samarqandda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar fosh qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda ana shu jinoyat bilan mashg‘ul bo‘lgan kimsalar ushlandi.

Ya’ni, tadbirda Payariq tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan I.N. mahalliy fuqaroni soxta hujjatlar asosida Turkiya va Yaponiya orqali AQShga yuborish evaziga 40 ming AQSh dollari talab qilib, dastlabki hujjatlarni tayyorlash uchun kelishilgan puldan 10 ming AQSh dollari va uning xorijiy pasportini talab qilib olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Fuqaro I.N. ushbu jinoyatni 1994 yilda tug‘ilgan tanishi, Toyloq tumanida yashovchi U.A. bilan til biriktirgan holda amalga oshirayotganligini ma’lum qildi.
Ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.