3 500 AQSh dollari evaziga qizlarni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan ayol ushlandi
- 10.01.2022 11:39
- 393
- Jinoyat va jazo
7 yanvar kuni Samarqand viloyat IIB boshlig‘i nomiga fuqaro S. ariza bilan murojaat qilgan.
Unda Samarqand shahrida yashovchi N.A. ismli shaxs “M” va “Sh” ismli qizlarni Turkiya davlatiga fohishalikka yuborishini aytib, ulardan 3 500 AQSh dollari miqdorida pul so‘raganini ma’lum qilgan.
Ariza yuzasidan 8 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toyloq tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilib, Samarqand shahar Shota Rustaveli ko‘chasida yashovchi N.A. ismli shaxs “M” va “Sh” ismli qizlardan 3 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtda, ashyoviy dalillar bilan ushlanib, hujjatlashtirilgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 53 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 3 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand