Samarqandda qiymati 100 million dollarga teng yirik savdo majmuasi qurilishi boshlandi
Samarqand tumanida "Ko‘ksaroy avto mall" ko‘p tarmoqli savdo majmuasini qurish ishlari boshlandi. Majmuaga tamal toshi qo‘yildi.
Majmuaning umumiy maydoni 4 gektar bo‘lib, ko‘p tarmoqli savdo majmuasi 120 ming kvadrat metrdan iborat bo‘ladi. Bu yerda 2 200 ta do‘kon qurilishi rejalashtirilgan. Muhimi, umumiy qiymati 100 million dollarga ega majmua bunyod etilishi natijasida 10 ming nafar aholi ish bilan ta’minlanadi. Aytish joizki, 65 million dollar savdo majmuasi va 35 million dollar yangi texnologiyadagi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasi uchun mo‘ljallangan.
Qurilish vazirligining xabar berishicha, majmua 2022 yilning birinchi choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.