Samarqandda sayyor sudda 8 nafar mahkum muddatidan oldin ozod qilindi
Samarqand viloyat sudlari raislari 2019 yil 23 avgust kuni Urgut va Toyloq tumanlarida tadbirkorlik sub’yektlari vakillari hamda fuqarolar bilan uchrashuv, davra suhbati va sayyor qabullar tashkil qilindi.
Xususan, Urgut tumani Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan sayyor qabulga 19 nafar fuqaro murojaat qildi. Shundan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar faoliyatiga oid 11 ta, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyatiga oid 6 ta, tuman hokimligi va davlat soliq inspeksiyasi taalluqli 2 ta murojaat ro‘yxatga olindi.
Murojaat mualliflarining 9 nafariga huquqiy tushuntirishlar berilib, 10 ta murojaatda ko‘tarilgan masalalar joyida ijobiy hal qilindi.
Toyloq tumani Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan sayyor qabul jarayonida 20 nafar fuqaro murojaat qildi. Shundan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar faoliyatiga oid 9 ta, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyatiga oid 6 ta, ma’muriy sudlar faoliyatiga oid 2 ta, iqtisodiy sudlar foaliyatiga oid 2 ta ham tuman hokimligiga taalluqli 1 ta murojaat ro‘yxatga olingan.
Murojaat mualliflarining 11 nafariga tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, 7 ta murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar joyida ijobiy hal qilindi.
Viloyat sudlari tomonidan tashkil etilgan sayyor sudlarda 8 nafar mahkum jazoni o‘tash joyidan muddatidan oldin, 12 nafar shaxslar, shundan 1 nafar ayol tayinlangan jazodan shartli ozod qilindi.