Samarqandda “Turon” maktab teatri tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Turon” maktab teatri respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman, shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar uch shart bo‘yicha, ya’ni “Bizning maktab” tanishtiruv,  “Madaniyat va san’at bilimdoni” savol-javob, “Teatr — ibratxona” sahna spektakli shartlarida o‘zaro bellashdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Samarqand shahar 30-umumta’lim maktabining “Maroqand” jamoasi, 2-o‘rinni Toyloq tumani 34-umumta’lim maktabining “Mo‘jiza” jamoasi, 3-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on shahar 2–umumta’lim maktabining “Afrosiyob” jamoasi egalladi. Shuningdek, 1-o‘rinni egallagan jamoa tanlovning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.        

Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga ta’lim sayyohatini qo‘lga kiritadi.     

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.