Samarqandda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tayanch maktablar faoliyati o‘rganilmoqda
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev Past Darg‘om hamda Nurobod tumanlaridagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tayanch maktablar va ushbu maktablarga biriktirilgan umumta’lim muassasalari, texnikumlarda bo‘ldi.
Inspeksiya boshlig‘i xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik ishlarining borishi, o‘qituvchilarning salohiyati, tayanch maktabning boshqa umumta’lim maktablari o‘qituvchilari bilan o‘zaro malaka va tajriba almashishining nechog‘lik yo‘lga qo‘yilganligi bilan tanishdi. O‘qituvchilar hamda o‘quvchilar bilan savol-javob qilib, ularning taklif va tashabbuslariga quloq tutdi, muhim tavsiyalar berdi.
U.Toshkenboyevning Samarqanddagi ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish ishlari davom etadi.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.