Samarqandda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtiruvchi yana bir bo‘lim ochildi

Samarqandda hujjatlarni yig‘ish hamda xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirish uchun yana bitta punkt ochildi. Bu - viloyat bo‘yicha xuddi shunday xizmatni amalga oshiruvchi 19-manzil sanaladi.

Xorijga chiqish biometrik pasportini olish istagida bo‘lganlar soni ko‘p bo‘lgani uchun Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu bo‘lim Samarqand shahridagi 5-ichki ishlar bo‘limi hududida joylashgan. Endilikda shu yaqin atrofdagi aholi o‘z hududidagi ichki ishlar bo‘limidan xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish imkoniga ega bo‘ldi.
Ta’kidlash o‘rinliki, Samarqandda IIB migratsiya va fuqarolarni rasmiylashtirish bo‘limlari tasarrufidagi mavjud 19 ta yig‘ish punktlarida 2025 yil boshidan buyon 29 ming 945 nafar fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasporti, 733 ming 500 nafar fuqaroga ID-kartalari rasmiylashtirib berilgan.