Samarqandda xurmo quritilyapti

Undan tayyorlangan mayiz va chips qadoqlari xorijga eksport qilinadi

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Yaponiya qishloq xo‘jalik universiteti bilan hamkorlikda yangi bir loyihani amalga oshiryapti.

- Qiymati 1 million dollarlik bo‘lgan mazkur loyiha 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan, - deydi institutning oziq-ovqat xavfsizligi va texnologiyasi kafedrasi mudiri Hayitmurod Tilavov. - Loyihaning maqsadi xurmo mevasini quritib, mayiz va chips tayyorlab, ularni qadoqlab, xorijga esport qilish, shuningdek, oddiy tomorqa yer egalarining daromadini oshirishdan iborat.

Institut olimlari ayni paytda mazkur loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirmoqda. Kelgusida xurmoni quritish va chips tayyorlash sirlarini aholiga ham o‘rgatishni maqsad qilgan.

To‘lqin Siddiqov,

Alisher Isroilov (video).