1373 ta davlat xaridlarida qonunbuzilish alomatlari aniqlandi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand  viloyati hududiy boshqarmasi viloyatdagi davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlarga rioya etilganligi yuzasidan muntazam o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

O‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida viloyatdagi davlat buyurtmachilari tomonidan boshlang‘ich qiymati 160 314,4 million so‘mlik 1373 ta davlat xaridlarida qonunbuzilish alomatlari aniqlanib, davlat buyurtmachilariga tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Jumladan, Paxtachi tumani 1-son politexnikumi tomonidan joriy yilning iyul oyida 69,6 million so‘mlik LOT bilan tanlov savdosi amalga oshirilgan. Ammo buyurtmachi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi buzilgani aniqlanib, xarid komissiyasining qurilish mollari xarid qilish uchun qabul qilgan qarori va tuzilgan shartnomasini haqiqiy emas deb topish va qonunbuzilish holatlariga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Elyor Usmonov,

Raqobat qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi.