Samarqandda xususiy oliy ta’lim muassasalari soni beshtaga yetdi

Bugun Samarqandda davlat oliy ta’lim muassasalari bilan birga xususiy oliy ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda. Ammo ularning litsenziyasi bormi, ertaga diplomi tan olinadimi, degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi.

Viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining Zarnews.us’ga ma’lum qilishicha, 2024 yilning 15 avgust holatida viloyatda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish huquqini beruvchi litsenziyaga ega nodavlat oliy ta’lim muassasalarining soni 5 taga yetgan. Ular quyidagi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridir:

- Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (litsenziya nomi: “Samarqand xalqaro texnologiya universiteti” MChJ);

- Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali (litsenziya nomi: “Toshkent Kimyo xalqaro universiteti” MChJ Samarqand filiali);

- ISFT Samarqand filiali (lizensiya nomi: “International School of Finance Technology and Science” MChJ Samarqand filiali);

- Zarmed universiteti Samarqand filiali (litsenziya nomi: “Zarmed universiteti” MChJ Samarqand filiali);

- Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand filiali (litsenziya nomi: “Iqtisodiyot va pedagogika universiteti” NTM Samarqand filiali).