Samarqandda xususiy shifoxonalar soni 650 dan oshgan

Ushbu yo‘nalishda Toshkent shahri (1700) va Andijon (750) yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi telegram kanalida xabar qilinmoqda.

Unga ko‘ra, sog‘liqni saqlashda xususiy sektorning ulushi 30 foizga yetgan. Mamlakatimizda xususiy tibbiyot tashkilotlarining soni har yili o‘rtacha 600-700 taga ortib boryapti.

Bugungi kunda yurtimizda jami 8300 ta nodavlat tibbiyot tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Shundan 1618 tasi statsionar muassasa bo‘lib, ularda 45 000 dan ortiq shifo o‘rni yaratilgan.

Eng ko‘p xususiy shifoxonalar Toshkent shahri va Andijon viloyatida faoliyat yuritmoqda. Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida ularning soni 650 dan oshgan.