Samarqandda yana 41 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 6 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 535 (+220) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 87 nafari Toshkent shahrida, 43 nafari Sirdaryo viloyatida, 41 nafari Samarqand viloyatida hamda 11 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 38 nafari esa Toshkent viloyatida chegara post orqali xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 24 yoshli D.A. (ayol), Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 81 yoshli K.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 468 nafar, Toshkent viloyatida 194 nafar, Sirdaryo viloyatida 53 nafar, Buxoro viloyatida 27 nafar, Qashqadaryo viloyatida ham 27 nafar, Andijon viloyatida 14 nafar, Farg‘ona viloyatida ham 14 nafar hamda Navoiy viloyatida 7 nafar, jami 804 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 19 587 (+804) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 771 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.