Samarqanddagi 101 ta mahalla fuqarolar yig‘ini internetga ulandi

Mahalla va oilani qo‘lllab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, vazir o‘rinbosari Botir Parpiyev va vazirlikning bir qator mas’ul xodimlari Samarqand viloyatidagi mahallalarning faoliyatini o‘rgandi.

Ta’kidlash lozimki, 2021 yil dasturga kiritilgan 165 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 39 tasining yangi binosi qurib bitkazilgan, 75 ta mahalla fuqarolar yig‘inida ma’muriy binolar qurilishi davom etmoqda.

Samarqand shahrining “Chilquduq”, “Anhor”, “Mustaqillik”, “Zargartepa” kabi 13 ta mahalla fuqarolar yig‘ini joylashgan binolar bugungi kun talabiga javob bermaganligi bois boshqa joyga ko‘chirildi.

Ta’kidlash lozimki, “mahallabay” tizimi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Masalan, birgina Kattaqo‘rg‘on shahridagi 23 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining 114,5 million so‘mlik kommunal qarzdorligi to‘lab berildi.

Jomboy tumanidagi 34 ta, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 23 ta, Bulung‘urdagi 13 ta, Ishtixon tumanidagi 11 ta, Urgutdagi 9 ta, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 8 ta, Samarqand tumanidagi 2 ta va Paxtachi tumanida bitta mahalla fuqarolar yig‘ini internet tarmog‘iga ulandi.

Viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi axborot xizmati.