Samarqanddagi "Boqiy shahar" majmuasida XV Toshkent xalqaro kino festivalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda ikki karra «Oskar» mukofoti sohibi, mashhur aktyor Kevin Spasey, taniqli fransuz aktyori Sami Naseri va dunyoning ko‘plab davlatlaridan kelgan kinoijodkorlar, shuningdek, taniqli o‘zbek aktyorlari ishtirok etmoqda.
- Samarqandda ham bugun bir qancha hujjatli va klassik filmlar suratga olinmoqda, - deydi viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov - Birgina Amir Temur va temuriylar tarixiga oid suratga olinishi kerak bo‘lgan hujjatli filmlar ko‘p. Biz viloyat hokimligi Kinomatografiya agentligi bilan hamkorlikda "Yalangto‘sh Bahodir" hujjatli filmini suratga olish ishlarini allaqachon boshlab yuborganmiz va ushbu filmni 2024 yil avgust oyi oxirlarida tuhfa qilish niyatidamiz. Rejissyor Jahongir Ahmedov bilan hamkorlikda kino syujetlari Toshkent va Samarqandda tayyorlanmoqda. Bugungi kinofestivalda 2 ta nominatsiya bo‘yicha rejissyorlarimizni taqdirlayapmiz. Birinchisi "Samarqandda qovun tarovati" badiiy filmi hisoblanib, pandemiya bo‘lishiga qaramasdan 2020-2021 yillarda tasvirga olingan. Ikkinchisi «Matonat» hujjatli filmi bo‘lib, unda ikkinchi jahon urushi yillari Niderlandiyadagi janglarda qatnashgan samarqandlik 101 o‘g‘lon jasadi tadqiq qilinishi aks etgan.