Samarqanddagi mashhur bosmaxona bolalar markaziga aylanadi

Samarqanddagi sobiq Morozov nomidagi bosmaxonada rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni paytga qadar mazkur inshoot «Sherdor plyus poligraf» nomi ostida, bosmaxona sifatida foydalanib kelinayotgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir ushbu binoda yirik bolalar markazi tashkil etish rejalashtirilgan. Binoda kapital rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Markazda bolalarni aqliy rivojlantirish uchun turli o‘quv markazlaridan tortib, zamonaviy o‘yingohlar ham bo‘lishi kutilmoqda.