Samarqanddagi qurilishlarda mingdan ortiq qonunbuzarlik aniqlangan

Bu qurilish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda vakolatli organlarga ko‘maklashuvchi tuman va shahar ishchi guruhlari tomonidan ma’lum qilindi.

Ishchi guruhlar joriy yil yanvar oyidan bugungi kunga qadar qurilishlarda 1 190 ta huquqbuzarliklarni aniqladi.

Aniqlangan holatlarning 326 tasi hududiy komissiya va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan bartaraf etilgan.

Shuningdek, 98 tasi qonun talablariga muvofiqlashtirilgan.

Qurilishlardagi huquqbuzarliklarga oid 766 ta holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rish ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, tuman va shaharlar ishchi guruhlari viloyat hokimining 2019 yil 18 oktyabrdagi qarori bilan tuzilgan.