Samarqandga Koreyaning KOICA tashkilotidan delegatsiya keldi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi KOICA tashkiloti direktori Song Sung boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Janob Song Sung filial direktori A.Xaldjigitov bilan uchrashdi va tomonlar “Integrallashgan ta’lim tizimi” loyihasi bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishdi. Song Sung KOICA tashkiloti tomonidan TATU Samarqand filialiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha volontyor yuborilishini ta’kidladi.
Uchrashuv so‘nggida mehmonlar “Integrallashgan ta’lim tizimi” loyihasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, jumladan, server xonalarni ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
TATU Samarqand filiali axborot xizmati.