Samarqandlik g‘olib dzyudochilar bayram munosabati bilan mahorat saboqlari o‘tkazdi

Samarqand shahrida 28 oktyabr - Xalqaro dzyudo kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Xususan, nufuzli musobaqalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritgan sportchilar O‘.Qurbonov, M.Nabiyev, O‘.Negmatov, V.Aliboyeva, P.Samandarova ishtirokida mahorat saboqlari (master klass) tashkil etildi.

150 nafar dzyudochilar ko‘rgazmali chiqishlarni namoyish etishdi. Shuningdek, sana munosabati bilan Registon maydonida “Birgalikda kuchlimiz!” shiori ostida fleshmob bo‘lib o‘tdi.

Ahror ShAMSIYeV.