Samarqandlik olimlar kartoshka urug‘chiligi bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasini o‘rganmoqda
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari O‘zbekiston va Koreya davlatlari tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda kartoshka urug‘chiligi va ishlab chiqarish tizimini rivojlantirishda kadrlar salohiyati va tadqiqotlarni rivojlantirish” mavzusidagi loyiha doirasida Koreya davlatida malaka oshirmoqda.
Loyiha qatnashchilari ayni kunda Janubiy Koreya davlatida urug‘lik kartoshka yetishtiruvchi xususiy kompaniyalar tajribalarini o‘rganmoqda. Ayniqsa, in-vitro sharoitida virussiz hamda gidroponika usullarida urug‘lik kartoshka yetishtirish bo‘yicha ham nazariy, ham amaliy tajribalar bilan tanishmoqda.
Malaka oshirish davomida institut professor-o‘qituvchilari Koreya davlatining qator qishloq xo‘jaligida yuqori natijalarga erishayotgan, ayniqsa, aqlli qishloq xo‘jaligi tamoyillari asosida yuqori samaraga erishayotgan tashkilotlar hamda ilmiy tadqiqot institutlarida bo‘ladi. Olingan bilim va tajribalar yurtimizda amaliyotga joriy etiladi.