Samarqandlik para yengil atletikachi Paraosiyo o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritdi
Bugun, 23 oktyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida boshlangan Paraosiyo o‘yinlarida qit’aning 43 davlatidan to‘rt ming nafar para atletlar ishtirok etmoqda.
Musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida 108 nafar para sportchi 11 sport turi bo‘yicha qatnashmoqda.
Ayni paytda Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasining ilk kungi bahslardagi medallari soni to‘rttaga yetdi. Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F32 klassida klab uloqtirish bo‘yicha bahslarda samarqandlik Sarvar Azimov 39.13 metr natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bugun o‘zbekistonlik para atletlar 9 sport turi bo‘yicha bahslarda ishtirok etadi. Ular orasida to‘qqiz nafar samarqandlik para sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Para yengil atletika:
Sarvar Azimov;
Urganchbek Egamnazarov.
Para dzyudo:
Uljon Amriyeva;
Suhrob Shukurov;
Kemran Nurullayev.
Para shaxmat:
Amrillo Abdullayev;
Rayhona Sharipova;
Durdona Jumanova.
Para taekvondo:
Sanjar Muxtorov.
Ma’lumot uchun: vakillarimiz para shaxmat, para kanoe, para akademik eshkak eshish, para velosport, para taekvondo va para stol tennisi dasturlari bo‘yicha ilk marotaba bahslarga kirishadi. Para o‘q otish, para stol tennisi, para yengil atletika, para dzyudo, para taekvondo, para pauerlifting, para velosport, para kanoe, para akademik eshkak eshish, para suzish dasturlarida paralimpiyachilarimiz medallar bilan bir qatorda, kelgusi yil Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan paralimpiya o‘yinlari litsenziyalari hamda reyting ochkolari uchun ham bellashadi.