Paralimpiyachilar Toshkentda tantanali kutib olindi
22-28 oktyabr kunlari Xanchjou shahrida IV Paraosiyo o‘yinlari o‘tkazildi.
Qit’aning 43 davlatidan to‘rt ming nafar para atletlar ishtirok etgan musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida 108 nafar para sportchi 11 sport turi bo‘yicha qatnashdi. Yakunda 25 ta oltin, 24 ta kumush, 30 ta bronza, jami 79 ta medal bilan vakillarimiz umumjamoa hisobida 8-o‘rinni band etdi.
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida Xitoy terma jamoasi 214 ta oltin, 167 ta kumush, 140 ta bronza, jami 521 ta medal bilan umumjamoa hisobida juda katta farq bilan birinchi o‘rinni egalladi. Eron 44 ta oltin, 46 ta kumush, 41 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Yaponiya para atletlari 42 ta oltin, 49 ta kumush, 59 ta bronza medali bilan yakun yasab berdi. Bizdan avvalgi pog‘onalardan Koreya Respublikasi, Hindiston, Indoneziya va Tailand terma jamoalari joy oldi.
Bu galgi Paraosiyo o‘yinlarida 12 nafar samarqandlik para sportchi 5 ta sport turi bo‘yicha yurtimiz sharafini himoya qildi va 8 ta medal (2 ta oltin, 6 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi.
Ular orasida quyidagi sportchilar bor:
Oltin medal
-para dzyudo -(J2 klassida ) Kemran Nurullayev;
- para yengil atletika (F41 klassida) - Kubaro Hakimova.
Bronza medal
- para akademik eshkak eshish (jamoaviy dastur) - Gulchiroy Esanboyeva;
- para yengil atletika (F35 klassida yadro uloqtirish) - Husniddin Norbekov;
- para yengil atletika 100 metr uzunlikka sakrash) - Urganch Egamnazarov;
- para yengil atletika (Yadro va Club throw uloqtirish) - Sarvar Azimov.
- para dzyudo (J1 klassida) - Uljon Amriyeva;
- para taekvondo - Sanjar Muxtorov.