Samarqandlik talabalar final bosqichida qatnashadi
Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Universiada" sport o‘yinlaridan o‘rin olgan qo‘l to‘pi bahslarining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bosqichda Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari talabalari final bosqich yo‘llanmasi uchun bahslarga kirishdi.
Hududiy bosqichning yigitlar va qizlar bahsida samarqandlik sportchilar g‘alaba qozonib, final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
- Jamoamiz bilan final bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritishni ko‘zlaganmiz, - deydi Samarqand davlat universiteti talabasi Mohira Muyassarova. - Buni hududiy bosqichdagi o‘yinlarimizda isbotladik deb o‘ylayman. Endi final bosqichi o‘yinlariga yanada mas’uliyat bilan tayyorgarlik ko‘rib, bildirilayotgan ishonchni oqlaymiz.
Alisher ISROILOV.