Samarqandning eng faol ijtimoiy xodimlari aniqlandi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Eng faol ijtimoiy xodim” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tanlovning tuman va shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1000 nafarga yaqin ijtimoiy xodim ikki yo‘nalish bo‘yicha besh bosqichda bellashdi.

Tanlov natijasiga ko‘ra, “Eng faol ijtimoiy xodim” yo‘nalishida Kattaqo‘rg‘on shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Sirojiddin Sharopov g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar Oqdaryo tumanidan Nigoraxon Nasriddinova hamda Jomboy tumanidan Zilola Ne’matovaga nasib etdi.

“Eng faol ijtimoiy xodim assistenti” yo‘nalishida Samarqand shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Zahro Xolto‘rayeva birinchi o‘rinni egalladi. Bulung‘ur tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazidan Shahzoda Islomova ikkinchi, kattaqo‘rg‘onlik Ozoda Ziyatova uchinchi bo‘ldi.

G‘oliblar diplom, pul mukofoti bilan taqdirlandi va tanlovning respublika bosqichida qatnashadigan bo‘ldi.