Samarqandning ichki yo‘llarida 30 ta zamonaviy bekat qurilyapti

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasining xabar berishicha, ayni paytda viloyatimizning tuman va shaharlarida 19 ta zamonaviy bekat qurish ishlari davom etmoqda.

“Obod qishloq - 2019” dasturi doirasida ichki avtomobil yo‘llarida jami 30 ta bekat qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularni Mustaqilligimizning 28 yillik shodiyonasiga qadar bitkazish rejalashtirilgan. Mazkur bekatlar viloyat transport boshqarmasi tomonidan ajratilgan 623 million 753 ming so‘m mablag‘ evaziga qurilmoqda.

Hozirga qadar Paxtachi, Narpay va Qushrabot tumanida 3 tadan Nurobod, Oqdaryo,  Bulung‘ur va Payariq tumanida 2 tadan hamda Kattaqo‘rg‘on va Toyloq tumanida 1 tadan bekat qurish ishlari davom etyapti.