Samarqandning “Tamanno” raqs ansambli respublikada "Eng yaxshi ansambl" deb e’tirof etildi
O‘zbekiston davlat filarmoniyasining hududiy badiiy va ijodiy jamoalari o‘rtasida respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
1-7 mart kunlari tashkil etilgan “Madaniyat haftaligi” doirasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining hududiy bo‘linmalari Toshkent viloyatining tuman madaniyat markazlari, musiqa va san’at maktablari hamda chekka qishloqlaridagi maydonlarda o‘z san’atini xalqqa namoyish etishdi.
Ko‘rik-tanlov ijrochilarining mahorati, professional tayyorgarligi, kasb mahorati, repertuar saviyasi, yuksak badiiy did bilan yondashuvi, sahna madaniyati va artistlik mahorati kabi mezonlar asosida quyidagicha baholandi:
✔️ Eng yaxshi jo‘rnavoz ijrochisi – Farg‘ona viloyati bo‘linmasi jamoasi
✔️ An’analar davomchisi – Namangan viloyati bo‘linmasi, Raximov Husanboy
✔️ Mahoratli qo‘shiq ijrochisi – Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi, Quvatov Umrzoq
✔️ Eng yaxshi ansambl – Samarqand viloyati bo‘linmasi “Tamanno” raqs ansambli
✔️ Jozibali raqs jamoasi – Sirdaryo viloyati bo‘linmasi “Sirdaryo navolari” raqs ansambllari mukofotlandi.
Shuningdek asosiy o‘rinlar bilan:
🥉 III o‘rin – Jizzax va Navoiy viloyati bo‘linmalari
🥈 II o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo, Buxoro, Andijon viloyatlari bo‘linmalari
🥇 I o‘rin – Xorazm va Toshkent viloyatlari bo‘linmalari g‘olib deb topildi.
💰 Ko‘rik-tanlov g‘olib jamoalari:
1-o‘rin — 300 million so‘m;
2-o‘rin — 200 million so‘m;
3-o‘rin — 100 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.