SamDAQIda masofaviy ta’lim tizimi ishga tushirildi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida moodle.samgasi.uz masofaviy ta’lim tizimi ishga tushirildi.

Ushbu masofaviy ta’lim o‘qitish tizimida institutning professor-o‘qituvchilari va talabalari, jumladan, 23 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi, 16 ta magistratura mutaxassisliklari, 2+2 va 2+3 qo‘shma ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalar - umumiy hisobda 6471 nafar foydalanuvchilar ro‘yxati shakllantirildi.

Hozirgi kunda tizimga yo‘nalish va mutaxassislik fanlari bo‘yicha 450 dan ortiq materiallar joylashtirilgan bo‘lib, fakultetlar, kafedralar, guruhlar kesimida talabalarga tizimdan foydalanish uchun alohida login va parollar berilgan.

Institut professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda ma’lumotlarni yangilab bormoqda hamda talabalar bilan tizimli, ya’ni telegram messenjeri orqali onlayn muloqot tashkil etilgan.

Bundan tashqari, telegram tarmog‘ida institut axborot-resurs markazining rasmiy sahifasi ish boshladi. @samdaqi_armkutubxona manzili orqali siz o‘zingizga kerakli bo‘lgan badiiy hamda o‘quv darsliklarni endi onlayn yuklab olishingiz mumkin.

SamDAQI axborot xizmati.