SamDChTIda Janubiy Koreyaning Choson universiteti bilan “2+2” dasturi amalga oshiriladi

Janubiy Koreyaning Choson universiteti delegatsiyasi Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.
Choson universitetining tashqi jamoatchilik aloqalar bo‘yicha dekani o‘rinbosari Hyo Sul Zang hamda xalqaro aloqalar bo‘yicha menejer Im Byung Choon SamDChTI o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori F.Ro‘ziqulov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyevlar ishtirokida rasmiy uchrashuvda “2+2” shaklidagi qo‘shma dasturlarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Eslatib o‘tamiz, Choson universitet vakillari joriy yilning iyun oyida Samarqand davlat chet tillar instituti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolagandi.
Asilbek ABDURAIMOV.