SamDUda Koreya madaniyati markazi ochildi
Samarqand davlat universitetida Janubiy Koreya elchixonasi hamda “Koreya-Markaziy Osiyo do‘stlik jamiyati” tashabbusi bilan Koreya madaniyati markazi ochildi.
Ushbu markazda 35 nafar universitet talabalari koreys tilini o‘rganyapti. Talabalarga Janubiy Koreyadan kelgan o‘qituvlar dars mashg‘ulotlari o‘tyapti.
- Markaz faqat Samarqand davlat universiteti talabalari uchun koreys tilini bepul o‘rgatadi, - deydi Samarqanddagi Koreya markazi maslahatchisi Yo Inyoung. - Joriy yilning dekabr oyidan boshlab koreys tilini o‘rganishni istovchilar uchun pullik o‘quv kursi ham yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur markaz ikki xalq vakillari o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlab, talabalarga koreys tili, madaniyati va tarixini o‘rgatadi.
Gulsanam NURIDDINOVA.