Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi - yangi tizim, yangi imkoniyatlar

Viloyat hokimligi, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamkorligida viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazida jurnalistlar va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari markazdagi 5 ta laboratoriya va bu yerga keltirilgan yangi zamonaviy uskunalar bilan tanishdi.

Press-tur davomida viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani ham o‘tkazildi.

- Bizni qiynab kelayotgan muammolardan biri dehqon bozorlaridagi sanitariya talablarining buzilishi, - deydi markaz bosh vrachi vazifasini bajaruvchi Xayrulla Boymurodov. - Keyingi paytlarda Prezidentimiz tomonidan tizimga qaratilayotgan e’tibor muammolarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan hamkorlikni, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yaxshi samara berayotir.

Jurnalistlar va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

To‘lqin SIDDIQOV.