Saraton kasalligini davolashning samarali usuli topildi
Xitoylik onkolog olimlar saraton xastaligini toksoplazma paraziti yordamida davolash usulini topishdi. Bu haqda “Journal for ImmunoTherapy Cancer” nashri e’lon qildi.
Unda aytilishicha, mazkur parazit uy egasi hujayralarida yashaydi va o‘zidan ko‘p miqdorda inson immunitetini himoya qiluvchi oqsillar chiqaradi.
Tajriba davomida parazitning mutant shtammi in’yeksiya tarkibida sichqonlarning saraton hujayralariga immun reaksiyasini qo‘zg‘atmasdan kiritildi. Shundan so‘ng neoplazmalarning o‘sish jarayoni sekinlashib, kemiruvchilarning omon qolish darajasi oshgani kuzatildi.
Shifokorlar bu usul prostata saratoni va bolalarda uchrovchi ko‘plab o‘sma xastaliklarini davolashda qo‘l kelishi mumkinligiga umid qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Massachusets texnologiya instituti olimlari kimyo terapiyasi va immunoterapiya kombinatsiyasi asosida saratonni davolash yo‘lini topishgandi. Unga ko‘ra, shikastlangan va olib tashlangan hamda keyin o‘simta ichiga qayta kiritilgan saraton hujayralari immunitet tizimini faollashtirishga xizmat qilishi mumkin.