Sarhisob: Parranda yetti xazinaning biri
Samarqandda 15,3 million bosh parranda bor, joriy yilda viloyatda parrandachilikni rivojlantirish dasturlari doirasida qiymati 62 milliard so‘mlik 15 ta loyiha shakllantirildi.
Bugungi kunga qadar 12 ta loyiha amalga oshirilib, qo‘shimcha 1 million bosh parranda boqilmoqda. Birgina Nurobod tumanida “Sazag‘an Broler” MChJ tomonidan qiymati 6,5 milliard so‘mlik, tuxum yo‘nalishidagi 190 ming bosh tovuq hamda yillik 2 million bosh naslli jo‘ja yetishtirish yo‘nalishida yirik parrandachilik kompleksi tashkil etildi.
Bundan tashqari, Oqdaryo tumanidagi “Prestij Don” MChJ tomonidan Vengriya davlatidan 150 ming bosh naslli jo‘ja olib kelinib, yiliga 2,2 ming tonna parranda go‘shti yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida yil yakuniga qadar 1,5 milliard dona tuxum va 159,8 ming tonna parranda go‘shti yetishtiriladi.