Sartepadagi suv quvurlari bosqichma-bosqich yangilanyapti. 40 yillik eski tarmoqda nosozliklar kuzatilmoqda
Kecha, 16 noyabr kuni Zarnews.uz telegram kanalida Samarqand shahri Sartepa maskani, Turkiston ko‘chasida o‘tgan haftadan buyon toza ichimlik suvi huda-behuda oqib yotgani haqidagi murojaat e’lon qilindi.
Ushbu holat “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Samarqand shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. Natijada suv quvuridagi nosozlik aniqlanib, uni bartaraf etish ishlari olib borildi.
Shuni alohida ta’kidlashimiz lozimki, Sartepa maskanidan o‘tuvchi magistral ichimlik suvi quvurlari o‘tgan asrning 80-yillarida tortilgan bo‘lib, mazkur suv tarmoqlarining ekspluatatsiya davri tugagan. Shu sababli tarmoqda ko‘plab nosozliklar kuzatilmoqda.
Samarqand viloyatini obodonlashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan maskandagi ichimlik suvi quvurlarini yangisiga almashtirish bo‘yicha montaj-qurilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligini ma’lum qilamiz.
“Samarqand suv ta’minoti “ MChJ axborot xizmati.