Saudiya Arabistoni OAV O‘zbekiston bilan hamkorlik haqida
Saudiya Arabistonining ommabop «Swift News» onlayn nashrida «O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsuli «Swift News» tahririyatiga tashrif buyurdi» sarlavhali maqola joylashtirildi.
Jidda shahridagi Islom taraqqiyoti banki institutining mas’ul xodimi Xondamir Nusratxo‘jayev Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilari kengashining 32-yillik yig‘ilishiga munosabat bildirar ekan, “Dunyo” axborot agentligiga quyidagi fikrlarini bayon etdi:
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining navbatdagi yig‘ilishi Samarqandda o‘tkazilayotgani O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganidan hamda hamkor davlatlar bilan munosabatlar yanada mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
Yig‘ilishda dunyoning yirik xorijiy moliya institutlari va yetakchi korporatsiyalari rahbarlarining ishtiroki O‘zbekistonning xalqaro biznes hamjamiyati bilan hamkorligi ko‘lamlarini yanada kengaytirish uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bundan 20 yil oldin ham Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining bunday formatdagi yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkazilgan edi.
So‘nggi yillarda turli sohalarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy investor va yirik tadbirkorlar uchun yanada jozibali, qulay imkoniyatlar yaratilgan.
Jumladan, valyuta tizimi erkinlashtirilgani, tashqi bozorlarga chiqish yo‘llari kengaytirilgani hamda 7 mingdan ziyod xomashyo va tovarlarga bojxona bojlari bekor qilingani natijasida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi bir necha barobarga oshdi.
Mamlakatimizda qulay biznes muhiti yaratilgani tufayli tadbirkorlar soni 4 barobarga, yillik xorijiy sarmoyalar hajmi esa 3 barobar ko‘paygani katta e’tiborga sazovordir.
Umuman olganda, YeTTB navbatdagi yig‘ilishining Samarqandda o‘tkazilayotgani xorijiy investitsiyalarni jalb etish nuqtai nazaridan O‘zbekiston mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilganidan dalolatdir, deb xabar bermoqda Dunyo AA.