Saudiya Arabistoni ShHTga qo‘shiladi

Saudiya Arabiston Vazirlar Mahkamasi Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) muloqot bo‘yicha hamkori maqomini berish to‘g‘risidagi memorandumni tasdiqladi.

ShHTning hozirgi a’zolari Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondir. Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlat maqomiga ega, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka hamkor davlatlar maqomiga ega.

2022 yil 16 sentyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitda Misr, Qatar va Saudiya Arabiston bilan muloqot bo‘yicha sheriklik memorandumlari imzolangan edi. Shuningdek, Bahrayn, Quvayt, Maldiv orollari, Myanma va Birlashgan Arab Amirliklariga muloqot bo‘yicha hamkorlar maqomini berish tartibini boshlashga qaror qilindi.