Scorpion – 1 dekabrdan kinoteatrlarda

Film O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi ko‘magida ishlangan. Triller Toshkent, Buxoro, Sankt-Peterburg va Marokashda suratga olingan.

Yoshlar o‘rtasida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashishga da’vat etuvchi filmda Farxod Maxmudov, Karim Mirxodiyev, Yulduz Rajabova, Ra’no Shodiyeva kabi taniqli aktyorlar ishtirok etishdi.  Shuningdek, rollarda mashhur turkiyalik aktyor Murat Yildirim va rossiyalik aktyor Vyacheslav Razbegayev ishtirok etdi.

  PROlogue Xalqaro kinofestivali direksiyasida ma’lum qilishlaricha, SCORPION trillerining namoyishi festivalning tanlovdan tashqari premerasi bo‘lishi kutilmoqda.