Sent-Vinsent va Grenadinda aholi evakuatsiyasi boshlandi
- 02.01.2021 20:01
- 55
- Xorij
Karib dengizidagi Sent-Vinsent va Grenadin orol rahbariyati Sufriyer vulqoni otilayotgan qismida joylashgan bir qator tumanlar aholisini evakuatsiya qilishni boshladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha o‘n yillar davomida «uxlagan» vulqon otilishi 2020 yilning 31 dekabr kuni ertalab boshlangan. Rasmiylar yaqin hududlarda xavf darajasini to‘q sariq rang deb belgilagan.
Qayd etilishicha, 100 mingdan ortiq aholi yashaydigan Sent-Vinsent va Grenadinda hududida 1979 yildan beri vulqon faolligi kuzatilmagan. 1902 yilda sodir bo‘lgan Sufriyer vulqonining otilishi oqibatida 1000 dan ortiq odam vafot etgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa