Shahrisabzda chaqalog‘ini 10 million so‘mga sotgan ona ushlandi
- 18.04.2019 10:08
- 50
- Jinoyat va jazo
Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Shahrisabz shahar, “Ipak-yo‘li” M.F.Y.da yashovchi fuqaro N.Q. 2019 yil 8 aprel kuni tug‘ilgan qiz farzandi I.B.ni fuqaro J.R.ga 10 million so‘mga sotib, o‘z xohishi bilan sotganligi haqidagi tilxatni yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan N.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Teglar:
bola