Ishga chiqqach, 2 yoshga qadar bola parvarishi uchun nafaqa to‘lanmaydimi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qarori asosida tasdiqlangan “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam to‘lash quyidagi hollarda to‘xtatiladi:

➖ to‘lovning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan;

➖ bolalar bolali oilalarga nafaqa va bola parvarishi bo‘yicha nafaqa olish huquqini istisno etuvchi yoshga to‘lgan;

➖ bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oluvchi ona ishga chiqqanda;

➖ doimiy yashash joyi o‘zgarganda;

➖ fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oilaning ushbu to‘lovlarga ehtiyojmandligi yo‘qligidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan;

➖ fuqarolar yig‘inining (Komissiyaning) tegishli to‘lovlarni tayinlash to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatgan buzilgan va ishonchsiz ma’lumotlar aniqlangan hollarda.

➖ To‘lovlarni to‘xtatish fuqarolar yig‘inining (Komissiyaning) tegishli bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan qarori asosida amalga oshiriladi.

➖ To‘lovning belgilangan muddati tugagan yoki bolalar tegishli yoshga, ya’ni bola parvarishi bo‘yicha nafaqa uchun – ikki yosh, bolali oilalarga nafaqa uchun – 14 yoshga to‘lgan holatlar bundan mustasno.