Qanday hollarda xodimga ishdan bo‘shatish nafaqasi beriladi?

Mehnat kodeksining 173-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi bekor qilinganda quyidagi hollarda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi:

ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra, bundan shartnoma xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslar bo‘yicha bekor qilingani mustasno;

taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan quyidagi holatlarda:

  1. Xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganda;
  2. Shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganda (masalan, xodim noqonuniy ishdan bo‘shatilsa, sud uni qayta tiklasa);
  3. Tashkilotni tugatish yoki ish beruvchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor

faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganda;

  1. Qonunchilik palatasi deputatining, shuningdek Senatda doimiy asosda ishlagan Senat a’zosining vakolatlari muddati tugagani yoki Qonunchilik palatasi va Senat tarqatib yuborilgani munosabati bilan avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytganda;

1-4 bandlarida jismoniy shaxs bo‘lgan ish beruvchi muomalaga layoqatsiz deb, e’tirof etilgan hollar mustasno.

ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilgani, agar yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni bo‘lmasa va u ishni davom ettirishga

to‘sqinlik qilsa;

qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelgani (xodimning belgilangan tartibda berilgan tibbiy xulosaga muvofiq mehnat faoliyatiga to‘liq qobiliyatsiz deb e’tirof

etilgani, shuningdek davlat sirlaridan foydalanish huquqi bekor qilingani, agar bajarilayotgan ish shunday foydalanish huquqini talab qilsa, muayyan ishni bajarishga doir ruxsatnomadan yoki litsenziyadan mahrum etilgani va boshqalar).

Ushbu holatlardan ishga qabul qilishning belgilangan qoidalari xodimning aybi bilan buzilgan (sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi hukmini yashirish, soxta hujjatlar taqdim etish va boshqalar) yoki xodimning harakatlari qonunchilikka muvofiq yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga to‘sqinlik qiladigan holatlarning yuzaga kelishiga olib kelgan hollar mustasno.

Shuningdek:

xodim yangi mehnat shartlarida ishni davom ettirishni rad etgani munosabati bilan;

xodim tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘ziga qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazishni rad etgani yoxud ish beruvchida

tegishli ish bo‘lmagani munosabati bilan;

xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joydagi ishga ko‘chishni rad etgani munosabati bilan;

xodim tashkilotning mulkdori almashgani, uning qayta tashkil etilgani, idoraviy taalluqliligi (bo‘ysunuvi) o‘zgargani munosabati bilan ishni davom ettirishni rad etgani munosabati bilan.

Ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liq bo‘ladi va u:

uch yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan;

uch yildan besh yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan;

besh yildan o‘n yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining yuz foizidan;

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining bir yuz ellik foizidan;

o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining ikki yuz foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.