Adliya: Qo‘shrabotdagi muloqotda nogiron nafaqasi asossiz tarzda berilmagani aniqlangan
Adliya xodimlari tomonidan Qo‘shrabot tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlar chog‘ida tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan “Chorloq” mahallasida fuqarolar bilan muloqotlar chog‘ida S.Sulaymonova II-guruh nogironi bo‘lgan 8 yoshli farzandini parvarishlayotgan bo‘lishiga qaramay, nafaqa pulini ololmayotganini ma’lum qilgan. Bu haqda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 fevraldagi PF-74-sonli farmonida o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqat to‘lanishi belgilangan.
Ushbu murojaat to‘liq o‘rganilganida Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi Samarqand pediatriya TIEK tomonidan bolaning o‘zgalar parvarishiga muhtojligi to‘g‘risida xulosa berilmaganligi uchun nafaqa to‘lovini tayinlashda muammolar yuzaga kelgani aniqlangan.
Shundan so‘ng S.Sulaymanovaning farzandi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 2022 yil 22 iyun kuni Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi Samarqand pediatriya TIEK xulosasi asosida S.Sulaymonova Qo‘shrabot tuman Davlat xizmatlari markazi orqali ariza topshirgan va unga Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan nafaqa to‘lovi tayinlangan.
Bundan tashqari, o‘rganishlar jarayonida ushbu bola nogironligi oqibatida bugungacha maktabda ham ta’lim olmaganligi ma’lum bo‘lgan. Mazkur masala ham bartaraf etilib, u joriy yil sentyabr oyidan yakka tartibda ta’lim oladigan bo‘ldi.