Shavkat Mirziyoyev Ukraina va Eron Prezidentlariga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tehron shahri yaqinida Ukrainaning yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Ukraina va Eron Prezidentlariga hamdardlik maktublari yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bortida 170 nafar yo‘lovchi bo‘lgan Ukrainaning “Boeing 737” samolyoti Tehron xalqaro aeroportida halokatga uchragani haqida xabar bergan edik.