"Sherdor" Kattaqo‘rg‘onda o‘ynaydi

"Sherdor" mutasaddilari ikkinchi davra o‘yinlarini Kattaqo‘rg‘on shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingohida o‘tkazishga qaror qilishdi. PFL vakillari kelib, mazkur o‘yingohda yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganib, jamoaning to‘p surishiga ruxsat berishdi.

Ikkinchi davradagi barcha uy uchrashuvlarini jamoa shu yerda o‘tkazib kelmoqda. Dast­lab Buxoroning "Fijduvon" (5:1) hamda Namanganning "Xotira-79" (8:2) jamoalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar mezbonlarning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. "Sherdor" futbolchilari bugun - 22 sentyabr kuni Buxoroning "Labsa" jamoasini mazkur o‘yingohda qabul qiladi.