Shirin kartoshka – batat: issiqni xush ko‘radigan bu turdagi kartoshkalar qanday yetishtiriladi?
Batat (ipomoea batatas) – shirin kartoshka, pechakguldoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik, issiqsevar o‘simlik bo‘lib, poyasi serbarg, yerga taralib o‘sadi
Kartoshkaning bu turi tropik hududlardagi ko‘p yillik o‘simlik hisoblanadi. U oddiy kartoshka kabi aprel yoki may oyida ochiq maydonlarda ekiladi. Faqat tuprog‘i unumdor va ozuqalar bilan to‘yintirilgan bo‘lishi zarur.
U quyosh nurini xush ko‘radi. Ildizlarining yaxshi rivojlanishi uchun ham bu zarur. Harorat 20°s bo‘lishi kartoshkaning tezroq hosilga kirishiga yordam beradi.
Shirin kartoshkani zararkunandalar va begona o‘tlardan doimiy himoya qilish kerak. Muntazam sug‘orib, tuproqni salqin tutish muhim. To‘yintirish uchun esa, tabiiy organik moddalardan tayyorlangan kompost va mulchdan foydalaniladi.
Terim mavsumi sentyabr yoki oktyabr oylarida boshlanadi. Terilgan kartoshkani 1 kun quyosh ostida, ochiq maydonda saqlash kerak. Sovuq, quruq va kislorodsiz joyda u uzoq yashay olmaydi. Undagi kraxmal shakar kabi shirin ta’mga aylanishi uchun 2 hafta kutiladi.
Kartoshka tabiiy shirinligi sababli har qanday taomni mazali qila oladi. Shuningdek unda inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan kaliy, A vitamini va antioksidantlar mavjud.