“...slik kolleji bekati” nima degani?

Samarqand shahridagi 1-“Temiryo‘l vokzali - Sartepa maskani” yo‘nalishi bo‘yicha qatnaydigan tramvayning Sartepa uy-joy maskanidagi bekati bugungi kunda “...slik kolleji bekati”, deb ataladi.

Aslida bekatning nomi “Huquqshunoslik kolleji bekati” bo‘lgan. Ammo “huquqshunoslik” so‘zining 10 ta harfi ustida “Bilayn”, “Telekom” va boshqa kompaniyalar o‘zlarining reklama vositalarini yopishtirib qo‘yganliklari tufayli bekat nomining yarmi yopilib qolgan.

Bundan tashqari, huquqshunoslik kolleji bundan 4-5 yil oldin “Samarqand yuridik texnikumi” deb qayta nomlangan.

Shuningdek, ushbu hududda tramvayning “Turizm kolleji bekati” ham bor. Shu nomdagi kollej ham allaqachon “Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi”ga aylantirilgan.

Bekatlarning bunday atalishi odamlarda turli xil chalkash fikrlarni tug‘dirmaydimi?

Samarqand shahar hokimligi mutasaddilari ushbu muammolarga etibor bersalar, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Yo‘ldosh Suyunov,

huquqshunos.