“Sof Expo Samarkand” ko‘rgazmalar majmuasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va sanoatchilar forumi ish boshladi

Ko‘rgazmaning ochilishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev ishtirok etib, navbatdagi hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi viloyatimizning mahalliy sanoati salohiyatini ko‘rsatish, xorijiy va mahalliy investorlar bilan hamkorlik kelishuvlari tuzish, korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ko‘paytirishga, korxonalarimizda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Yarmarka davomida 2024 yil yakuni bo‘yicha "Sanoat korporatsiyasi sohasida yilning eng namunali korxonasi’’, "Mahalliylashtirish dasturining eng namunali korxonasi", "Sanoat sohasida eng namunali eksportyor korxona", "Yilning eng namunali brendi" nominatsiyalari g‘oliblari taqdirlandi.
Ko‘rgazmada 70 dan ortiq korxonaning 2 mingdan ziyod mahsulotlari, jumladan, turizm, elektrotexnika, avtomobilsozlik, qurilish materiallari, charm-poyabzal sanoati, mebelsozlik, oziq-ovqat sanoati, gilam mahsulotlari va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi korxonalar hamda oliy ta’lim muassasalari va yoshlarning startap loyihalari, namoyish etilmoqda.