Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar diqqatiga!
Jismoniy shaxslar uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i ular tomonidan soliq davri uchun hisobot yilining 15 oktyabriga qadar to‘lanishi belgilangan. Siz to‘lagan mol-mulk va yer soliqlari mahalliy byudjet daromadlarini to‘ldirib, shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uy-joy-kommunal xo‘jalik ob’yektlarini ta’mirlash va aholi punktlarini obodonlashtirish, shu bilan birga aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga sarflanadi.
ShUNDAY EKAN, BELGILANGAN SOLIQLARNI TO‘LASh ORQALI SIZ O‘Z FUQAROLIK MAJBURIYaTINGIZNI BAJARGAN HAMDA YaShAB TURGAN HUDUDINGIZNING OBODLIGIGA HISSANGIZNI QO‘ShGAN BO‘LASIZ!
Eslatib o‘tamiz, hisoblangan soliqlarni istalgan bank bo‘limlari orqali yoki CLICK, MBANK, U-PAY kabi zamonaviy to‘lov vositalari yordamida ham to‘lashingiz mumkin.
Viloyat Davlat soliq boshqarmasi